Ona yuragimda simillar og'riq.
Hayot girdobida berayapman jon.
Doim yaxshilikni istadim biroq,afsus.
Jajji qalbda laxta laxta qon.
Ezgu tuyg'ularim bo'lmoqda barbod.
Asli sof yurakka tushmoqda dog'lar.
Insofu vijdonning bozori kasod.
Ona bu yashashda qolmaydi sog'lar.
Olislarni ko'rish uchun umr karvoni,
Saboq ekan, kiprigimni yosh qilib qo'ydi.
Keyinchalik har bir kuzning bargi hazoni,
Yumshoqgina yuragimni, tosh qilib qo'ydi.
Kerakmas ming bitta surating.
Men seni bir bora ko'rsam bas,
Ishonch va vafoli baxt uyin,
Sen ila, sen ila qursam bas.
Kerakmas boyliging mansabing,
Baxtimdan quvonib yursam bas.
Saharda qiblaga boshimni,
Sen bilan, sen bilan egsam bas.
Kerakmas tilloyu zarlaring,
Tilingdan shirin so'z eshitsam bas.
Ollohga omonat shu jonni,
Sen uchun, sen uchun bersam bas.
Kerakmas dabdabang koshonang,
G'arib bir kulbangda kulsam bas.
Gapimning qisqasi sen mening,
Men sening qalbingda bo'lsam bas... (Qalbdagi satrlar)