"SIZGA YETIB BO'LARMIKAN"
Men g'aribman sizchi ko'kda oy,
Xudo chindan beripti chiroy,
Qoshlari kamonim ox kiprigi yoy,
Sizga yetib bo'larmi? ayting!
Nozlaringiz bunchalar shirin,
Ko'nglingizda nelar yashirin?
Bilolmadim qalbingiz sirin,
Sizga yetib bo'larmi? ayting!
Men kech bo'lsam sizchi kunduzim,
Osmonimda zuxro yulduzim,
O'z xolimdan xayronman o'zim,
Sizga yetib bo'larmi? ayting!
Majnunlardek telbaman netay,
Xop desangiz jonimni tutay,
Yo'lingizdan ming bora o'tay,
Sizga yetib bo'larmi? ayting!
Qir adirda ochilgan lolam,
Muxabbatdan go'zal bu olam,
Ado qildi dildagi nolam,
Sizga yetib bo'larmi? ayting!