Samoga yetgali kunga ergashdim,
Naxsga belanib tunga ergashdim.
Haq dedim. Haq dedi - Unga ergashdim,
Men faqat o‘zimga ergasholmadim
Ana quvildilar ko‘shkidan quvlar,
Dur bo‘lib to‘kildi ko‘zimdan suvlar..
Bir shoqol bag‘rimdan chiqolmay uvlar,
Chirandim, qashqirga tenglasholmadim
Bu dunyo keng dedim, sig‘madi ruhim,
Yoygan qanotin hech yig‘madi ruhim.
Ko‘ksimga qadalgan tig‘midi ruhim?!
Ko‘kka intildimu, yerlasholmadim