Siz menga keraksiz ko'zda yosh bilan,
Dardlarimni yengib kulishim uchun.
Siz menga keraksiz xamisha chin bardosh bilan,
Dunyoda tinch yashab yurishim uchun.
Siz menga keraksiz qiynalganimda,
Barcha qiyinchilikni yengishim uchun.
Siz menga keraksiz o'rtanib yig'laganimda,
Ko'z yoshimni majburan tiyishim uchun
Siz menga keraksiz sog'inganimda
Bir bora chehrangiz ko'rishim uchun
Siz menga keraksiz boshimga ajal kelganda
Sizni ko'rib bemalol o'lishim uchun.
Sog'inmayman deysiz...
Aldamang !
Termulasiz suratimga jim !
Yeg'layapsiz hijolat bo'lmang ,
Yo'q ko'rmadi, ko'rmadi hech kim...
Quvmang bekor rosti foydasiz ,
Ismim kezar lablaringizda.
Qayga bormang, qaysi joydasiz ,
Hayolingiz hamisha Manda..
Badjahilsiz asablar tarang
Har narsadan topasiz ayb..
Siz ko'zguga yaxshilab qarang ,
Kimdir qarab turar mung'ayib.
Unutganman deysiz...
Afsuski ,
Bir lahzaga o'chmadi yodim !
Qulog'ingiz ostida mudom
"Baxtli buling !" - degan so'ngi faryodim !
Qaytmoqlikka qo'ymaydi g'urur ,
Istak bilan qirpichoq har kun.
Bilamanku ,sog'inch neligin...
Bunga qanday chidamoq mumkun..?!
O'tyapdi shunchaki umr...
Yurubsizda qismatga ko'nib.
Bu dunyoda yetmasa
Dil daftari!!
Bir kun keladi...
Erta tongda uyg'onasiz...
Tarixga- ortga qaraysizda, bajarolmagan ishlaringizni eslab, chuqur xo'rsinasiz...
" Endi u damlar ortga qaytmaydi", deb ham qo'yasiz....
Kelajakdan turib ortga qaraganda o"sha kunning nomi BUGUN deb ataladi.......
Bugun boshlang !
Bugun urinib ko'ring!
Bugun qadam tashlang!
Ertaga kech bo'lishi mumkin
Uzbekoyim