Omonat dunyo bu bari
omonat, dard ham
omonatdir, BAXT ham
omonat. G'am-u anduhinga
sherikman deya, Yelkasin
tutguvchi do'st ham omonat. Omonatdir chekkan
ohu-zoring ham, Omonatdir
jondan sevgan yoring ham. Ey DO'STim dilingni bosmasin
g'aflat, OTANG omonatdir, ONANG
omonat. Omonat bu-sihat sog'lik, omonat.
Narxi qancha, mehrni ayting?
Hammasini sotib olaman.
Oqibat bor ostonalarga
kerak bo'lsa yotib olaman.
Narxi qancha mehrni ayting?
Olib beray mehrsizlarga.
Yopmasa bas yuzimga eshik,
Ulashaman qalbi muzlarga.
Narxi qancha mehrni ayting,
Olishimga bormi qarshilar.
O'zimga ham kerakdir biroq,
Ilinaman sizga yaxshilar.
Narxi qancha mehrni ayting,
Bormi axir uning bahosi?
Mehringizga bo'lay haridor,
Biz hammamiz mehr gadosi. .