* * *
Sokin xiyobonda ochildi aza,
Shamollar,
Daraxtlar,
yigʻlar ichikib.
Nafsin yayratardi qizlar badanda
Oriyat, iymon-u, nomusdan kechib.
Yigit quchib olgan qizning jussasin,
Bu onda chulgʻagan ikki qalbni xirs.
Oʻlib borayapti nahot qalblarda.
Alloh inom etgan ishq atalmish his.
Achchiq ter toʻkilib peshonasidan,
Musofir yurtlarda yurar otalar
Ayrim qizlar esa hech ikkilanmay,
Ota nomusiga urar boltalar.
Poklik, halollikka yetmas hech lazzat,
Yoʻqotmang iltimos qizlar hayoni,
Hayo porlab tursin nigohingizda,
Poklikka burkab bu bir kam dunyoni.
Yozmoqchi emasdim ogʻrindi dilim,
Koʻnglimga hanjardek botdi bu holat.
Hayoni nomusni unutib qoʻyib,
Nahot ruhingizda kezar halovat.
Op