Bu besh kunlik hayotda, Ikki ko'zim hayratda, Uyalmasdan uyatda, Qolganlarni ko'rdim men. Yengilib ba'zan yovsiz, Qolib birov qarovsiz, Hatto cho'g'siz olovsiz, Yonganlarni ko'rdim men. Nohaqlarni yonini, Bechorani nonini, Jon deb turib jonini, Olganlarni ko'rdim men. Amal qilmay diniga, Bir martamas kuniga, Shaytonlarni iniga, Solganlarni ko'rdim men. Begona bilan yotgan, Balchiqqa dildan botgan, Hatto badanin sotgan, Arzonlarni ko'rdim men. O'zga yurtlarda yurgan, Qaytib kelolmay turgan, Peshonasiga urgan, Sarsonlarni ko'rdim men. Har kuni ichib yurgan, Ichib otasin urgan, Ikki oyoqda turgan, Hayvonlarni ko'rdim men. Haqiqat so'z aytganda, Keyin qolib attangda, Bolasidan qaytganda, Vayronl