Yomondir yomonning barisi.
Yomondir yomonning qarisi
Qarasa giybatsiz qarasin
Ortingdan otilgan tosh yomon
Dustim deb tik qarab kuzingga
Jilmayib har aytgan suzingga
Sung jonin keltirar bugzingga
Ortingdan otilgan tosh yomon
Ey yigit dushmaning mard bulsin
Mayliga dildoshing dard bulsin
Yigit bir tugilib bir ulsin
Ortingdan otilgan tosh yomon
Bir kuni yuraging chug bular
Nigohing nomardga uq bular
Ugrilib qarasang yuq bular
Ortingdan otilgan tosh yomon
Savlat kerib shoqol bolasi
Arslonga duq urgani qursin
Otga minsa biror tog'asi
Ko'rmaganning ko'rgani qursin.
Pul topganu aql topmagan
Shu tomondan baxti chopmagan
O'qiganu ammo uqmagan
Ko'rmaganning ko'rgani qursin.
Zo'rman zamon zo'rniki deding
Bu kunlarga kim sabab yetding
Bilamizku kecha kim eding
Ko'rmaganning ko'rgani qursin.
Kecha yurgan bulsa piyoda
Bugun Alloh qildi ziyoda
Kim berilsa kibru havoga
Ko'rmaganning ko'rgani qursin.
Ohir bilari qayga boradi
O'ylab odam hayron qoladi
Inson zoti o'yga toladi
Ko'rmaganning ko'rgani qursin.
Shovqun solib qarg'a galasi
Burgutga do'q urgani qursin
Sherman deydi qashqir to'dasi
Ko'rmaganning ko'rgani qursin.
Mehnatsiz turmushga ko`ngil boylagan,
Elim deb ko`ksiga mushtin urmagan,
To`rtta jo`jasiga katak qurmagan,
Otaning qadrini qaydan ham bilsin?
Labda qizil bo`yoq, egnida nimcha,
Kiygani uzun kun tor-tajang shimcha,
Chiroyiga bino qo`ygan oyimcha
Yigitning dardini qaydan ham bilsin?
Ishq bu – kimlar uchun bir umr armon,
Kimga hasrat, kimning dardiga darmon.
Ro`zg`or nimaligin bilmagan nodon
Xotinning farqini qaydan ham bilsin?
Dasti baland bo`lar deydilar sherning,
Qadri baland bo`lar tug`ilgan yerning.
Xotinlar tavakkal topilgan erning
Mardu-nomardini qaydan ham bilsin?
Oh, bu inson zoti aqldan tongan,
Mol-dunyo xirsida yongani-yongan.
Xudo oldidagi uzolmay qolgan
Bir dunyo qarzini