Ko’nglim ko’z yoshidek tinmaydi yomg’ir, Quyoshga muhtojman… bilmaydi yomg’ir, Tomchisi ko’zimga kirar yosh bo’lib, Dardimga parvo ham qilmaydi yomg’ir… Shivalab, to’xtamay, yog’ib o’tar u, Dilimdek, saboni balki kutar u… Zamin g’uborini yuvib ketar-u, Qor kabi sochimga inmaydi yomg’ir… Intiqqan kishilar g’amin yutsa- da, Tomirda oqsa-da qon emas, zada. Qalblar obi chashmga to’lib bitsa-da, Chanqoqdan hech qachon qonmaydi yomg’ir. Tunlar bedorligim bilarmikin yor? Yo jonim havotir qilarmikin yor? O’zining yog’ida o’zi qovrilib, Yaxshiyam, men kabi yonmaydi yomg’ir. Noma ilinjida titrar yuragim, Allohdan o’zimga sabr so’ragum… Ayvondan ko’z tikib, termulsam- da jim, Sog’inchim zarra ham olmay
A rmon etmang sevgimni, sizni sevib qolibman S izni deya hayotda men o'zimdantonibman A do bo'lgan yuragim faqatgina sizni der L ab burmang jonim netay ishq o'tida yonibman