Ko'zingni ostida, Muz bo'lib qotsam. Bir umr umuman, Erimay yotsam. Yig'laysan, ko'zingdan, Tomchi tommaydi. Mening ham yuragim, Ortiq yonmaydi. Dengizda baliqman, Bir tutib olgin. Uying havzasiga, Qo'yib yuborgin. Kunda ko'rsam dilda, O'kinch qolmaydi. Mening ham yuragim, Ortiq yonmaydi. Osmonda Quyoshman, So'nishim kutma. Ruxsoringa zorman, Soyabon tutma. Sevgiling boqadi, Shuni unutma. Unutsang nurlarim, Olaqol mayli. Faqat zarrin nurlar, Ortiq yonmaydi. Eshit, ushbu so'zim, Nelardan darak: Kechir, ishq maydonida, Y u t q a z a m a n. Hijroning o'tida, Yongan bu yurak. Mayda kulin qo'llaringa, T u t q a z a m a n. Mening ham yuragim, Ortiq yonmaydi.