Bir umr umuman, Erimay yotsam. Yig'laysan, ko'zingdan, Tomchi tommaydi. Mening ham yuragim, Ortiq yonmaydi. Dengizda baliqman, Bir tutib olgin. Uying havzasiga, Qo'yib yuborgin. Kunda ko'rsam dilda, O'kinch qolmaydi. Mening ham yuragim, Ortiq yonmaydi. Osmonda Quyoshman, So'nishim kutma. Ruxsoringa zorman, Soyabon tutma. Sevgiling boqadi, Shuni unutma. Unutsang nurlarim, Olaqol mayli. Faqat zarrin nurlar, Ortiq yonmaydi. Eshit, ushbu so'zim, Nelardan darak: Kechir, ishq maydonida, Y u t q a z a m a n. Hijroning o'tida, Yongan bu yurak. Mayda kulin qo'llaringa, T u t q a z a m a n. Mening ham yuragim, Ortiq yonmaydi. Keyin ham yuragim, Ortiq yonmaydi. Ko'zingni ostiga, O'zimni otsam. U yerda Nur... emas, O'zgani ko'rsam. Roziman shu onda, Tosh bo'lib qotsam. Sening ham ko'zlaring, Ortiq yonmaydi. Mening ham yuragim, Ortiq yonmaydi !
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев