Gullar oqshom chog'ida o'yga tolar emishlar
Quyosh botgan tarafga qarab qolar emishlar
So'ng barchasi subhidam sal iymanib, nozlanib
Quyoshni kutar emish Sharq tomonga yuzlanib...
Faqatgina atirgul sog'inch dog'lab ko'ksini
Quyoshi ketgan yo'ldan olmas emish ko'zini
Ters tomondan kun chiqqach to'lib shabnam- ko'z yoshga
Hayrat-u araz bilan qayrilarmish quyoshga...
Atirgulim, atirgulim, atirgulim, sevgilim...
Men bir darbadar odam yo'lda kechar hayotim
Gulim dilda yonadi bir iltijo, bir dodim
Bu dunyoda yo'l ko'pdir gulim umrim hayolda
Goho Janubga botib chiqadurman Shimoldan...
Atirgulim sevgilim men qaylarga yetmayin
Kutib qaysi ko'chadan qaysi yo'ldan kelmayin
Ko'zlaringni qadab qol quyos