Kechir meni sevgilim, To’yingga borolmadim. Yuragim qiynalsa ham, Hech buyruq berolmadim. Ko’rgim keldi-yu, seni, Yuragim bo’ysunmadi. O’zga bilan ko’rishga, G’ururim yo’l qo’ymadi. Nega unday qilganing, Tushunaman, bilaman. Ota-onang tufayli, Azoblarda yonaman. Men sendan ayrilsam ham, Sen men uchun yagona. Ming bor afsuslar bo’lsin, Endi bizlar begona. Senga she`r yozayotib, Qalamim cho’chib ketdi. O'tmishimdigi voqea, Esimga tushib ketdi. O'tmishimiz eslayman, Sen tengi yo’q qiz eding. Shu damlarni qo’msayman, Sevgan yorim siz derding. Biz ilk uchrashgan damlar, Hali-hamon esimda. Chumchuqlar sayrashardi, Chinorlarning uchinda. Shu chinorlar ostida, Har kuni uchrashardik. Ishq-muhabbat sa