Qadriga yeting siz bo'lsa akangiz
Qo'lini tuting siz bo'lsa ukangiz
Bir kuni qurisa mador tinkangiz
Begonalar tomon chopa olmeysiz
Ulardan boshqasin topa olmeysiz
Boshingizda tuting mushfiq singlingiz
Shu qizcha ko'tarar bir kun ko'nglingiz
G'amli kun kelganda shuni biling siz
Tashvishlar eshigin yopa olmeysiz
Ulardan boshqani topa olmaysiz
Agar yoningizda bo"lsa opangiz
Poyini emaklap suyib o'ping siz
Musibat chog'ida xar yon chopingiz
Bozordan boshqa bir opa olmeysiz
Ulardan boshqani topa olmeysiz
Yaxshi kunda qadrin biling yoringiz
Dard kelsa xam shu bular bemoringiz
Tarqalib ketganda yo'g'u boringiz
Ko"z yoshni birovga sepa olmeysiz
Bugun sho'x yugurgan jajji bolangiz
Artadi bir kuni ko'zda jolangiz
Suykalab kelsagar boshin silangiz
Birovni bolasin o'pa olmeysiz
Ulardan boshqani topa olmeysiz
Ox qattiq avaylang bo'lsa ONANGIZ
Duosin oling siz bo'lsa OTANGIZ
Tuzating shu bugun aybu xatoyingiz
Keyin kech buladi xafa bo'lmang siz
Ulardan boshqasin topa olmeysiz
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 1