Orzu qilib to'ylarimiz ko'rolmagan. Ulg'aytirib bo'yimizga to'yolmagan. Qancha odam kelgan to'yga kelolmagan. Suyanganim, panoxkorim Dadajonim.
Uyda to'ydir, men o'zimga sig'mayapman. Kulib turib, ich-ichimdan bo'zlayapman. Siz yo'qsiz-u ammo sizni izlayapman. Qaytmas bo'lib ketdingizmi Dadajonim?
Endi yo'qsiz, naxot endi bo'lolmaysiz? Duo qilib, oq fotiha berolmaysiz.
Ey vox, endi aziz boshim silolmaysiz. Qo'lim yetmas osmonginam Dadajonim.
Uylarimiz to'ldi bugun mexmonlarga. Yurakkinam to'lar bo'ldi armonlarga. Borgim kelar Dadajon siz tomonlarga. Mening mangu armonginam Dadajonim.
Qarang onam sochidagi oqi bo'ldim.
Erka opam ko'nglidagi "ox"i bo'ldim. Akaginam yuragining dog'i bo'ld
Yig'lamasdim balki bu kecha, Ko'zlarimga olmas edim yosh,
Balki buncha azob ko'rmasdim, Otajonim hayot bo'lganda,
Tushunolmas hech kim bu dardim,Yarim ko'ngil bo'lib ko'kardim,
To'yim kuni poyin o'pardim, Otajonim hayot bo'lganda.