Harbiy qasamyod Darsning maqsadi: Qurolli Kuchlarda bo’lib o’tadigan jangavor ananalar hamda ularning o’tkazilish tartibini tushintirish. Dars turi: Nazariy. Ajratilgan vaqt: 80 daqiqa Mavzu rejasi: O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Jangavor bayrogi. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangavor bayrog’i tavsifi. Harbiy qasamyod va uni qabul qilish tartibi. 1. O’zbekiston respublikasi prezidentining 1993 yil 22- noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismining Jangovar bayrog’I to’g’risida” gi farmoni harbiy xizmatchilar orasida yuksak vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirishning huquqiy asosi bo’ldi. Bu Farmon orqali Qurolli Kuchlar Jangovar Bayrog’ining yagona namunasi belgilandi va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Jangovar bayrog’i to’g’risidagi qoidasi tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Jangovar bayrog’i O’zbekistin Respublikasi Prezidenti yorlig’I bilan 1995 yil 16 yanvarda birinchilar qatorida Termiz va Nukus shahrida joylashgan motorlashtirilgan alohida o’qchi brigadalariga va Milliy gvardiyaga topshirildi. 1997 yil aprel oyigacha Qurolli kuchlarimizdagi barcha harbiy qismlarega Jangovar bayroq topshirildi. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismining jangovar bayrog’i sharaf, matonat va shon-shuhratning ramzidir. Jangovar bayroq harbiy qismga u tuzilishi bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Mudofaa vazirligi vakillari tomonidan topshiriladi. Jangovor Bayroq har doim o’z harbiy qismi bilan, jang maydonida esa, qism jangovor harakatlari rayonida bo’ladi. Qismning butun shaxsiy tarkibi jangda Jangovor Bayroqni jon-jahdi va matonat bilan himoya qilishga va uning dushman tomonidan egallab olinishiga yo’l qo’ymaslikka majburdir. Jangovor Bayroq yo’qotilganda harbiy qism komandiri va bunday sharmandalikka bevosita aybdor bo’lgan harbiy xizmatchilar harbiy sud oldida javobgar bo’ladilar, harbiy qism esa tugatilishi kerak. 2.O”zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy qismining Jangovar Bayrog’I ikkiyoqlama mato, dasta va popukli bog’ichdan tarkib topadi. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismi Jangovar Bayrog’ining asosi sanaladi. Bayroq matosi to’g’ri burchakli, uzunligi bo’yicha- 145 sm., kengligi bo’yicha- 92 sm. o’lchamlarga ega, to’q moviy, oq va to’q yashil rangdagi yotiq yo’lli ikki qavatlangan ipakdan tayyorlangan va chekkalari bo’ylab uch tomondan oltin rang ipak shokila bilan yo’rmalngan. Shokilaning uzunligi 5 sm. Moviy, oq va yashil yo’llar kengligi bo’yicha teng. Har bir yo’lning kengligi 30 sm. ga teng. Mato o’rtasida joylashgan oq yo’lning chekkalari bo’ylab har birining kengligi bir sm. bo’lgan qizil hoshiya o’tadi. Matonong yuqoridagi moviy qismida ustki va teskari tomonlarida, dastaning yonida oq ipakdan hilol va u bilan yonma-yon o’n ikkita beshqirrali yulduzlar tikilgan. Hilol va yulduzlar moviy yo’lning yotiq o’qi bo’ylab joylashgan 45ga 20 sm. o’lchamdagi to’g’ri burchakka naqsh aylanasi 20 sm. bo’lgan to’garakka yozib qo’yiladi. Yulduzlar aylanasi 4 sm. bo’lgan to’garakka yozib qo’yiladi. To’garaklar o’rtasidagi oraliq 2 sm. Yulduzlar yotig’iga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashtiriladi: Yuqorigi qatorda —3ta, o’rtasidagida – 4ta va pastkida 5ta yulduz, yulduzlarning pastki qatori hilolning quyi chekkasidan 2 sm. uzoqlikda joylashadi. Mato ustki tomonining oq yo’lida zar ipak bilan “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari” deb yozilgan. Yozuv harflarining bo’yi 7,5 sm. Mato teskari tomonining oq yo’lida harbiy qismning raqami va nomlanishi zar ipak bilan tikib yozilgan. Sonlarnig balandlik bo’yicha o’lchami—10 sm., yozuv harflarining o’lchami – 7,5 sm. harbiy qismning nomlanishini yozish uchun qo’llaniladigan harflarning miqdoriga bog’liq holda sonlarning o’lchami 6 sm. gacha, harflarning o’lchami esa 4,5 sm. gacha kichraytirilishi mumkin. Bayroqning dastasi yog’ochdan, aylanasi 4 sm. dumaloq qirqimli, uzunligi 2,5 m. Masta to’q jigar rangga bo’yalgan, laklangan va pastki tomonida metall gardishga, yuqorisida esa nikellangan jimjimador uchlikka ega. Bayroq bog’ichi chiyratma, zar ipakdan tayyorlangan, uchlarida illitadan popuklari bor. Bog’ichning uzunligi 270—285 sm. 3. O’zbekiston Respublikasining birinchi marta harbiy xizmatga qabul qilingan yoxud harbiy xizmatni o’tamagan va birinchi marta harbiy yig’inlarga chaqirilgan fuqarosi harbiy qismning Jangivar bayrog’i oldida harbiy qasamyodni qabul qiladi. Harbiy qasamyodni: madadga kelgan askarlar va matroslar – ular tegishli dasturlarni o’tganlaridan va askarlarning asosiy majburiyatlarini, Harbiy qasamyodning, harbiy qism Jangovar Bayrog’ining va harbiy intizomning ahamiyatini o’zlashtirgandan so’ng, harbiy qismga yetib kelgan kundan boshlab ikki oydan kechiktirmasdan; Harbiy bilim yurtlarining avval qasamyod qabul qilmagan kursantlari va tinglovchilari— aynan o’sha muddat davomida qabul qiladilar. Harbiy qasamyod qabul qilish uchun harbiy qism Jangovar Bayroq oldida va orkestr bilan oddiy askarlar safida qurol bilan tantanali kiyim- kechak rusumida safga tiziladi. Qism rota yoxud vzvod kolonnalari chizig’ida saf tortadi. Qism komandiri qisqa nutqida harbiy xizmatchilarga harbiy qasamyodning ahamiyatini va o’z xalqiga sodiq bo’lishga qasamyod qabul qilganlarning zimmasiga yuklanadigan faxrli va mas’uliyatli majburiyatlarini eslatadi. Tushuntirish nutqidan so’ng qism komandiri “Erkin tur” deb komanda qiladi va bo’linma komandirlariga harbiy qasamyod qabul qildirishga kirishish ko’rsatmasini beradi. Bo’linma komandirlari qasamyod qabul qiladigan harbiy xizmatchilarni navbati bilan safdan chaqiradi. Har bir harbiy qasamyod qiluvchi bo’linma safi oldida Harbiy qasamyod matnini o’zbek yoxud rus tilida ovoz chiqarib o’qiydi va maxsus ro’yxatdagi o’z familiyasi qarshisidagi bandga imzo chekkandan so’ng safdagi o’z o’rniga borib saflanadi. Qasamyod qabul qilish tugashi bilan harbiy qasamyodni qabul qilganlarning shaxsiy imzolari bo’lgan ro’yxatlar bo’linma komandirlari tomonidan harbiy qism komandiriga topshiriladi. Harbiy qism lomandiri shaxsiy tarkibni Harbiy qasamyod qabul qilish bilan tabriklaydi, shundan so’ng orkestr O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etadi va harbiy qism tantanali marsh bilan yurib o’tadi. U yoki bu sabablarga ko’ra belgilangan kunda Harbiy qasamyodni qabul qilmagan barcha harbiy xizmatchilar uni keyingi kunlarda qism komandiri rahbarligida qism shtabida alohida qabul qiladilar. Harbiy qasamyod qabul qilganlarning ro’yxatlari harbiy qism shtabida raqamlab chiqilgan, ip o’tkazib bog’lab qo’yilgan va so’rg’ichli muhr bilan muhrlangan alohida papkalarda saqlanadi. Ro’yxatlar belgilangan muddatlar o’tishi bilan arxivga topshiriladi. Harbiy xizmatchining harbiy guvohnomasi va hisob-kitob varaqasida harbiy qism shtabining boshlig’i tomonidan: “Harbiy qasamyodni (kun, oy, yil) qabul qilgan” qaydi yozib qo’yiladi. Harbiy qasamyod Oliy Kengashning 19920yil 3 iyul qarori bilan tasdiqlangan. “Men (familiyasi, ismi va otasining ismi), O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, halqimga, Prezidentimga sodiq bo’lishga tantanali ravishda qasamyod qilaman. Men O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarini muqaddas bilib, ularga rioya etishga, harbiy nizomlarni, komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini so’zsiz bajarishga, harbiy intizomga qat’iy rioya qilishga, halol, jasur va sergak jangchi bo’lishga qasamyod qilaman. So’nggi nafasim qolguncha ona- Vatanimning sadoqatli farzandi bo’lib qolishga, harbiy xizmatning butun mashaqqat va qiyinchiliklarini sabot bilan engishga, davlat va harbiy sirlarni mustahkam saqlashga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman. Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam, qonunlarda belgilangan jazoga va xalqning nafratiga mubtalo bo’lay”. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Jangavor bayrog’ikim tamonidan topshiriladi? 2. Jangavor bauroqning asosini nima tashkil qiladi ? 3. Harbiy qasamyodni qabul qilgan askar zimmasiga qanday ma’suliyat yuklatiladi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев