Ko'nglim..
Ko'nglim bir kitobdur.
O'qimoq mushkul.
Harflari senga yod,
har bir o'zgacha.
Uning sahifasi ,
sarhadi butkul.
Bir kiprik qoqgulik,
ochmoq ko'zgacha.
Mening ko'nglim,
o'zi butun bir kitob.
O'qimoq istaysan bo'lib ovora.
Kunduz nuri bilan hamrohing oftob.
Dardim yoritolmas,
Oftob bechora.
Mening ko'nglim asli,
o'zi bir kitob.
Qayg'u alam unda
har dam mujassam.
Orzular olami ,
topilmas noyob.
Uni o'qiy olishning o'zi bir olam.
INTIZOR DIL 24/07/2016
Onajonim!
Onajonim chorla mani, qo'l siltadim bariga .
O'zing birla olib ketgin mani osmon qariga.
Aldashdilar ishq ortida, berkitildi yolg'onlar.
Sof sevgimdan yuragimni ayirdilar yomonlar.
INTIZOR DIL 21/07/2016
Erta tong samodan keldi bir tilak.
Azon navolari bo'lib mushtarak...
Niyatlar ijobat bo'lmoqdan darak.
Dindoshim < Ramazon Iyd > muborak !
INTIZOR DIL 06/07/2016
Armon to'lqini.
Qalbimda armonning to'lqini.
Kiprigim qirg'og'iga chiqmay ovora.
Ko'zlarim manguga yumilgan kuni.
Bilmam qayer ketar to'lqin bechora.
Balki birga ketar, men bilan mangu.
Tobutim yelkaga olsa olomon.
Kiprigim oralab balki chiqar u.
Ortimizdan armon , yig'lab qolgani yomon.
Arshning darvozasin, ochilgan maxal.
Jannat iforlarin berib turgay bo'y.
Chin dunyoda ketguvchi qilgan har amal.
Lek meni qiynaydi, faqat butta o'y.
O'zimga "kimman" ? Deb savol beraman.
Oddiy bir qalamkash, shoira bag'ri qon.
She'rlarimdan faqat taskin olaman.
Savolim javobsiz, shunda ham hamon.
Balki gunohim ko'p Allohim meni.
Balki savobni ham qilgandurman jam.
Bu dun