Hayot – tushunmagan falsafam mening,
Umr – kundalikka o‘xshagan daftar,
Dunyo – kiprigimda qotib qolgan mung,
Ajal – ruh ko‘kida yovvoyi kaptar.
Osmon – olamlarga sig‘mas vujudim,
Quyosh – yonib turgan yuragim mening.
Iymon – olam aro mening bor-budim,
Bardosh – yerga tegmas kuragim mening.
She’rim – nafasimning yuragi – havo,
Qalam – oq qog‘ozda titragan ko‘nglim.
Adolat – suvlari qurimas daryo,
Haqiqat – yuragi qonagan singlim.
Orzu – osmonlarga sig‘magan oqqush,
Armon – orzularning singan qanoti.
Baxt – men ko‘rolmagan go‘zal-go‘zal tush,
Dard – shoir odamning yana bir oti.
Shodlik – tor kulbamning erka mehmoni,
Alam – yuragimni zabt etgan mezbon.
Poklik – umrimning goh ojiz tomoni,
Shuhr