«Barselona» hujumchisi Lionel Messi kelajak rejalari haqida gapirib berdi.
«Agar futbolchi faoliyatini yakunlasa, unga oson bo'lmasligi haqida hamma gapirmoqda. Chunki mashg'ulot va o'yinlarning yo'qligiga ko'nikish mushkul.
Qaerda yashashimni, nima bilan shug'ullanishimni bilmayman. Men futbolchilik paytimda qilolmagan ishlarimni bajarmoqchi edim.
Barselonami yoki Rosario, qaerda istiqomat qilishimni ham bilmayman.
Argentinadagi vaziyatni kuzatish men uchun og'ir. Fuqarolar davlat tomonidan himoyalanmagan. Aslida, qadrdon shahrim Rosarioga qaytishni va u erdagi hayotdan zavqlanishni istardim, chunki juda ham yoshligimda Barselonaga ko'chib o'tganman. Ammo vatanimdagi vaziyatdan xavotird