Yillar ötsa hamki bölmas tuzatib, Sukut saqlab qilgan xatolaringizni. Baxtli bölarmidik qöysangiz aytib, Meni sevganim bor demadingizmi. Qiz bola palaxmon toshi desalar, Yot uyda oqmasin yoshi desalar. Sizni köndirmoqqa ming urinsalar, Meni sevganim bor demadingizmi. Olib ketdi yor-yor taxtiravonlar, Özga yor könglida ming xayajonlar. Boshimizga qulab tushsa osmonlar, Meni sevganim bor demadingizmi. Surati boshqami boshqa siyrati, Yoki töygachami qiz muhabbati. Ötgan damlarimiz xaqqi xurmati, Axir sevganim bor demadingizmi. Siz unda men bunda bag'rimiz öyib, Sevgining sharobin ichmasak töyib. Onangiz bag'riga boshingiz qöyib, Ona sevganim bor demadingizmi. Könglingdagin ayt deb sörashganida,