Sochimdan tirnog'im qadar sevildim, Olovdan tuprog'im qadar sevildim. Bir yorug' yuz izlab dunyolar kezdim, Hudoyim, yuzingdek yuzni topmadim. Xar kim muxabbatga xar yo'ldan borar, Kim arqondan borar, kim qildan borar. Ishqni o'yin bilgan yigit ko'rdimu, Ishq deb yig'lamagan qizni topmadim. Men ham yaxsh shoir bo'laman chog'i, Senga she'r yozolmay o'laman chog'i. Onajon, sen mendan og'rinma sira, Ta'rifingga arzir so'z topolmadim. Tunlarim yonadi: Seni bir ko'rsam, Kunlarim yonadi: Seni bir ko'rsam. Yorni ko'rganida vasl zavqidan, Yulduzdek porlamas ko'zni topmadim. Kecha yuragimga nurdek to'lgan do'st, Bugun qarg'alarga oshno bo'lgan do'st, Bag'rimni ming bora paypaslab ko'rdim, Negadir...