Ishonavering, men mashhur bo'lishni xohlayman va buni chin qalbdan aytmoqdaman!
Meni Amerika, Ukraina, Xitoy, Mo'g'uliston-u Shvetsariya prezidentlari tanishini xohlayman. Men haqimda odamlar fazodagi sun'iy yo'ldoshlardan turib, internet-u gazetalarda gapirishlarini orzu qilaman.
Hamma ko'zlar unda, odamlar uning haqidagina gapirishadigan darajada mashhur bo'lishdan insonni nima to'sib turibdi?!
Barmoqlari ila uni ko'rsatishadigan, gazetalarda yozish-u uning haqida go'zal qasidalar bitishadigan darajada mashhur bo'lishdan insonni nima to'sib turibdi?!
Shaxsan men hech qanday to'siq yo'q deb hisoblayman!
Balki, men xato qilgandirman. Agar sizda boshqacharoq javob bo'lsa, menga to'g'risini ko'rsatib qo'ying. Xuddi, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytganlaridek: "Bizga aybimizni ko'rsatgan kishiga Alloh rahm qilsin!" va "Agar xato qilsam, meni to'g'rilab turing!".
Agar mendan: "Kimga o‘xshab mashhur bo‘lishni xohlaysan?",- deb so‘rasangiz, men: "Xuddi, Umar al-Foruqdek (roziyallohu anhu) mashhrur bo‘lishni xohlayman",- deya javob beraman.
Umar... Uni tanimaydigan kim bor?!
Uning xabari Kisro va Rumga ham borib yetmaganmidi?!
Uni Madinadagi hamma tanimasmidi?!
Uni tun-u kunlar bilmasmidi?!
Hatto, Muoviya ibn Xudayj Umarni kunduzi uxlagan deb o‘ylagan payti: "Sen aytgan narsa buncha ham yomon, ey Muoviya! Kunduzi uxlasam qo‘l ostimdagilarni yo’qotaman, tunda uxlasam o‘zimni yo’qotaman. Bu ikkisining orasida uyqu qanday ham bo‘lsin?!", - degandilar.
Allohga qasamki, men Umardek mashhur bo‘lishni orzu qilaman!
Tunlari mashhur bo‘lishni xohlayman. Hatto, namoz-u istig‘forlar ila qahrli yuzlarimda ko‘z yoshlarimning izi qolsa!
Kunduzi mashhur bo‘lishni xohlayman. Xuddi, Umar kabi, kishilar ehtiyojlarini bo‘ynimga olgan holda, musulmonlar xizmatida bo‘lib o‘z nafsimni xo‘rlasam!
Umardek mashhur bo‘lishni xohlayman!
Doktor Aliy ibn Hamza al-Umariy. “Qalbim sizga so’zlaydi”.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев