Yomg'ir yog'ar yurakni ezib,
Bu dildagi alamni sezib,
Armonlardan yuragim bezib,
Bugun seni juda sog'indim.
Orzulardan ko'pdir armonim,
Yorishmaydi moviy osmonim,
Tunlardagi olgan oromim,
Bugun seni juda sog'indim.
Sog'inch toti shirin bo'larkan,
Sog'inganda yurak to'larkan,
Azoblarga bu dil ko'narkan,
Bugun seni juda sog'indim.
Ko'rmoq uchun talpinar yurak,
Qadir uchun sog'inch ham kerak,
Seni tezroq ko'rmog'im kerak,
Seni bugun juda sog'indim...
Ko`ngil ko`nmas yor-yorlarga navolarga,
Ishqim tushdi ishq dardi bedavolarga.
Sig`may qoldim hamma siqqan dunyolarga,
Ko`zlaringni ko`zlaringni sog`inaman.
Tunlardayin mayus ular qaro ular
Yuragimga otash urar olov urar
Oh qurqaman boshlarimga balo ular
Ko`zlaringni ko`zlaringni sog`inaman
========A B R O R=======
Sog'inch nima Siz bilmaysiz, his qilmaysiz,
Sog'insamda holim so'rab bir kelmaysiz.
Mening telba sevgim nazargailmaysiz,
Beparvoyim, hayolimdan ham jilmaysiz...
Sizni o'ylab necha yilki, devonaman,
Taqdiridan noligan sho'r peshonaman.
Yo'llaringiz poylab mushtoq parvonaman,
Bilmam, nechun bu sarobga ishonaman
Diydorimiz qolsa hamki qiyomatga,
Chidaymizda taqdir bergan xiyonatga.
Butun umr sodiq qolib diyonatga,
Sevishganlar sayli uchun bog' bo'laylik,
Diydorgacha ikkimiz ham sog' bo'laylik..