Urib tursang edi agar yuragim
Muhabbat bor derdim dunyoi dunda
O'z sevgimni men ham uchratarmidim
Yomg'ir shivirlagan shunday bir kunda
Urib tursang edi bedor yuragim
Navqiron umrimga qilmay hiyonat
So'ragan bo'lardim taqdir azaldan
Balki fojeaviy go'zal muhabbat
Urib tursa edi hasta yuragim
Sevgilim qo'lidan dadil tutardim
Sevgiga umidga zor bu dunyoning
Barcha ko'chasidan birga o'tardim.