Agarda bo'lsaydim zo'r haykaltarosh, Siz uchun yasardim yurakdan haykal, Yo agar bo'lsaydim mo'yqalam naqqosh, Surating chizardim berib ming sayqal. Oralab qolibdi sochlaringga oq, Ol meni sochimning qoralarini. Tishlaring tushibdi xo'rsinma biroq,Ol meni tishimning saralarini. Xiralashib qolibdi ko'zlaringda nur,Ko'zlarim nurini olgin mehribon. Roziman bir umr xizmating qilsam, Yuragim qo'rini olgin onajon!!!!!!!!!