Dangasaning orzusi Yotog‘imni xuddi o‘zimni sevgandek sevaman.
*.
Kimdir dam olayotganini ko‘rsam, albatta, unga yordam beraman.
*.
Ish buyuk narsa: unga teginmang.
*.
Xo‘roz – buzuq budilnik.
*.
O‘qish, mutolaa inson dunyoqarashini, ma’naviyatini o‘stiradi. Shunday ekan, men “Odno”dagi kommentlarni o‘qishdan to‘xtamasligim kerak.
*.
Darslarni futbol tomosha qilayotgan paytda– bo‘limlar orasidagi tanaffusda qilishga ulguramiz.
*.
Agar yumush qiyin tuyulsa, uni aslo boshlamang.
*.
Agar nimanidir ertaga qila olsam, uni bugun qilishdan nima naf?!
*.
Ishlash istagi paydo bo‘lsa, o‘tiring va xayol suring: hammasi o‘tib ketadi. Istaklar o‘tkinchidir.
*.
“Mehnat – sog‘lik garo