Dunyoni maqtama menga, azizam,
Ishonib boʻlmaydi soxta afsunga.
Agar u zarracha boʻlsa sharafli,
Yigʻlab tugʻilmasdik kirarkan unga.
Dunyoni pokiza atama, yolgʻon,
Har oni kechajak xavfu xatarda.
Agar u zarracha boʻlsa pokdomon,
Bizni yuvishmasdi undan ketarda.
Xayrulla Hamidov
Eng yaqin doʻstingni shirin soʻzlari
Tezroq tuzatadi novvotlardan ham.
Va lekin fitnaga sherik soʻzlari
Tezroq oʻldiradi jallodlardan ham.
Jallodlardan ham..
Xayrulla Hamidov