o'tganda yillar.
Bir-birin unutsa yuraklar dillar.
Ertaga ko'milsa biz yurgan yo'llar.
O'shanda sen meni
eslarmikansan.
Suyganim qayda deb
izlarmikansan...
Osmondan uchsa gar bir yorug' yulduz.
Yuraging g'ash tortsa kecha-yu kunduz.
Kimsasiz tor uyda qolganda yolg'iz.
O'shanda sen meni
eslarmikansan.
Sevganim qayda deb
izlarmikansan...
Bolangga ertaklar
so'ylayotganda.
Baxtiyor chog'laring
o'ylayotganda.
Qalbingni nimadir
qiynayotganda.
O'shanda sen meni
eslarmikansan.
Suyganim qayda deb
izlarmikansan...
Kimdir kelib senga tasalli bersa. Oxir paymonasi to'libdi desa. Eshitdingmi sevgiling o'libdi
desa. O'shanda sen meni eslarmikansan.
Sevgilim nega deb
yig'larmikansan....
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 4
ARZIYSIZ. Gap yöq zör chiqqan