Salom onajonim nurli farishtam,
Ko'zlari nigorim ayrilmas rishtam.
Diydor istagida yurakda istam,
Sog'indim onajon yomon sog'indim.
Bugun yuragimni sog'inchga o'rab,
Ming zorli dard bilan to'kilib nurab.
Qalbimga yiqildim iltijo so'rab,
Sog'indim onajon yomon
sog'indim.
Bilaman yoshlarim ko'rib turibsiz,
Jannatning to'ridan qarab turibsiz.
Egilgan boshimni silab turibsiz,
Sog'indim onajon yomon sog'indim.
Ozgina yigladim kop emas ona
Ranjimang men o'sha yig'loqi yana,
Gox kulib gox o'ksib yuribman mana
Sog'indim onajon yomon sog'indim.