Do'st-u yorim yig'ilar bu kun, Tilak aytib uzundan uzun. Men barchani taklif qilayin, Axir bugun men tug'ilgan kun.! Keling, menga sovg'a kerakmas, Bitta tilak bildirsangiz bas. Bugun menga qilishur havas, Axir bugun men tug'ilgan kun.! Bugun qalbi qaynoq quyoshman, Bo'ydoqman-da hali beboshman. Men bugundan yigirma besh yoshman, Axir bugun men tug'ilgan kun.!