Mehr bilan termulib turgan, Sirga tölgan, mehrga tölgan. Kiprigida joningiz tutgan, BIR JUFT QORA KÖZLAR OMONAT... Tinglang biroz vaqtingiz berib, Dardi bölsa dardini olib. Dildan kelib turibdi erib, ACHCHIQ, SHIRIN SÖZLAR OMONAT... Faqat nafsning g'amini yemang, Har ne topsa böladi garang. Ertaga ham köraman demang, NURDAN YORUG' YUZLAR OMONAT... Mol-u dunyo g'amin yedilar, Diydori ne darkor dedilar. Armon bilan kafan kiydilar, TUPROQDAGI IZLAR OMONAT...