Olislab ketmoqda masofamiz ham, Uzoqdan qarayman siz tomonga jim. Men sizga begona bo'lsam ham netay, baribir keladi sizni bir ko'rgim. Mayli men roziman olisdan ko'rsam, siz meni u yerdan ko'rmasangiz ham, Mayli men roziman bir umr sevsam, hattoki meniki bo'lmasangiz ham!
Olislashganim sayin mehrim sizga ortadi. Ovoz kelib bir mayin siz tomonga tortadi. Ishqim sizga talpinar xasta yurak titroqda. Men sizni ko'rgim kelar ammo sizchi yiroqda.