Ko'z yoshim simirib ichib charchadim, Qo'l yetmas orzuga uchib charchadim, Goh o'zdan, goh sizdan kechib charchadim, Bugun sizni mutloq unutgim keldi. Hijronlar yuzimga ming xil yo'l soldi, Sog'inchlar bemavrid dilga qo'l soldi, Nega taqdirimiz bunday tus oldi, Sizsiz yashamoqqa ko'nikkim keldi. Zohirimni tog' deb bildingiz chog'i, Xo'p toshlar otdingiz- yo'qmi adog'i, Hey, umrim zavoli, ko'nglim ardog'i, Bugun men osmonga yo'liqqim keldi. Rashkning gulxanida yongandan ko'ra, Mana, sizdan kechib qo'ydim bir yo'la. Eh sodda yuragim, bunchalar go'l-a? Aqlimning qo'lidan bir tutgim keldi...Bugun sizni butkul unutkim keldi
Bo'lolmading dardim darmoni.
Sevib g'amga boshimni urdim.
Yuragimni mangu armoni.
Bugun seni tushimda ko'rdim..
O'n besh kunlik oyday to'libsan.
Oq libosda yonib turibsan.
Sen chiroyli kelin bo'libsan.
Bugun seni tushimda ko'rdim..
Terilganmish qoshlaring nechun.
Egilgan bu boshlaring nechun.
Ko'zingdagi yoshlaring nechun.
Bugun seni tushimda ko'rdim..
Kechir meni qoshlari kamon.
Ayriliqning azobi yomon.
Yuragimdan ketmading hamon.
Bugun seni tushimda ko'rdim..
Uzatdim lek yetmadi qo'lim.
Qismatimdan og'ridi dilim.
Peshonamga bitmagan Gulim.
Bugun seni tushimda ko'rdim...!
@Muhaabbat