Sevgi o’t tashlasa yuragingizga, Oydin tun bermasa tinchlik va uyqu. Olam kuylaganday ko’rinsa sizga Hamda asir etsa ajib bir tuyg’u Tasalli izlaysiz hislaringizga, G’azallar yodlaysiz varaqlab kitob. Guldek qalbingizni yashnatar shunda Sevgi satrlari bo’ladi oftob. Shunday kezda, qizlar, pok ishqingizga Tarjimon bo’lolsa bironta baytim, Sirdosh bo’lib qolsam hamisha sizga, Shu mening orzuyim, shodligim, baxtim.