Shirin xayollaring sarob
bo'larkan,
Bir kun kelib xoling xarob
bo'larkan.
Qalbingda armonlar serob
bo'larkan,
Agar ilk muxabbat aldasa seni.
Bosh qo'ygan yostig'ing toshday
bo'larkan,
Yeganing minnatli oshday
bo'larkan.
Ko'zingda yosh ila tonglar
otarkan,
Agar ilk muxabbat aldasa seni.
Baxt qushi boshingdan uchib
ketarkan,
Sevganing o'zgani quchib
ketarkan.
Yolg'izlik baxtingni yulib
ketarkan,
Agar ilk muxabbat aldasa seni.
Ko'z yoshing daryoday oqarkan
to'lib,
Eng yaqin do'sting xam
qo'yarkan sotib.
Bir og'izgina so'z xam ketarkan
botib,
Agar ilk muxabbat aldasa seni.