Dunyoda g'am tashvish kelganda ustun,
Hayot berganini qayta olarkan.
Hech kimim yo'q deya yig'lasang bexun,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
Sen deya o'zini o'tlarga urib,
Tirilsang tirilib senla o'larkan.
Senga termulgancha xayollar surib,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan
Ta'magirni tortqilab, Nafsi
qo`ymas deydilar. Nokas o`zi
to`ysa ham, Ko`zi to`ymas
deydilar. Boq bir yorug` olamga
— Kimlar zo`rg`a kun ko`rar.
Odamlar bor, bog`dagi Bulbuldan
ham pul so`rar. Yolg`on dunyo —
bu dunyo, Arzon dunyo — bu
dunyo. Ne-ne hokim, beklardan
Qolgan dunyo — bu dunyo.
Kiprikdan ham qisqadir Molu
dunyo yo`llari. Ibrat bo`lsin
Iskandar Ochiq ketgan qo`llari!..
Uzat deysan, ber deysan, Hech
qo`ymading odamzod. Tuya
to`ydi, fil to`ydi, Sen to`ymading,
odamzod. Shukr qilar hattoki
Qumursqa-parrandalar. Shukr
deysan sen qachon, Xom sut
emgan bandalar?.. Bu uch kunlik
dunyoda Savlatigga kerilma. Qasr
qurma, bog` qoldir, Davlatingga
kerilma