O'ylar edim hayot bizni siylaydi deb. Biz kuylagan qo'shiqlarni kuylaydi deb. Bugun bo'm - bo'sh yuragimni siylayapman. Hayot qandoq aytsa shundoq kuylayapman. O'ylar edim sevar yorim tashlab ketmas. Jondan sevar ko'zlarimni yoshlab ketmas. O'ylar edim mendek unga ado yo'qdir. Bugun undan sado yo'qdir sado yo'qdir. O'ylar edim so'nmas mening g'ururlarim. Ko'ksimdagi g'ayratlarim sururlarim. Bugun qoldim ikki o'tning o'rtasida. Yig'layapman g'ururimning bozorida. O'ylar edim do'stlarim ko'p dil chog' etar. Yo'limdagi chog'larimdan ogoh etar. Netayki men o'yindan o'zim chiqdim. Do'stim tashlab ketgan chog'dan o'zim chiqdim. O'ylaganim hayot bizni siylamadi. Dardga to'lgan yuragimni aldayapman.