Yigit: -SALOM. Qiz: (nahotki u menga yozdi, ko'zlarimga ishonmayman) - SALOM. Yigit: -SENI YANA "Online"da KO'RGANIMDAN XURSANDMAN. Qiz: (ex xudoyim... bilsang edi meni qanchalik xursand bo'lganimni. Meni eslaganingdan) -HMM. Yigit: (shu xolosmi? Shumi menga bor yo'g'i aytmoqchi bo'lgan gaping...? Bilasanmi qancha vaqt qiynalganimni senga yozolmay va buni hozir qiyin bo'lganini? ) - AHVOLING YAXSHIMI? Qiz: ( nima uchun ahvolimni so'rayapti? Nima uchun... Axir... Yoki yana menga azob bermoqchimi? Ahvolim juda yomon, yomon judayam axir yonimda sen yo'qsan!) -JUDAYAM YAXSHI, ZO'R, O'ZIZDA QANDAY? Yigit: (unda xammasi yaxshi ekan kulyapti xursand... Meni xolimni bilib nima qiladi unda? Qanchalik