Terz ekanda bu dunyo
Yaxshidan yomon ko’pdur.
Yomonlikga yo’l katta
Ezgulikga kun yo’qdir.
Ters ekanda bu dunyo
Qabohatdur har taraf
Bur tutam nur qahatdur
Jaholatdur har taraf.
Ters ekanda bu dunyo
Osmon sim-sim yig’laydi.
Yaxshi inson qalbini
Sodiq do’stlar tig’laydi.
Ters ekanda bu dunyo
Yo’tuqlaring yashirgin.
Yomonlarga o’lim yo’q
Sen Ollohga topshirgin.
Ters ekanda bu dunyo,
Insoniylik anqodur.
Bilsang so’nggi manziling
Usha dorulboqodur.
Ammo do’stlar o’nutmang,
Yaxshilardan bog’ qolar,
Yomonlar ming maqtansin
Siyohdayin dog’ qolar.
Bu dunyoni teng yarmi
Yorug’ kundur porlaydi.
Zulmat tunning ortidan
Yangi hayot chorlaydi
Qaylarda, kim bilan vaqting chog‘ bugun.
Yurgan yo‘llaringda kim o‘rtoq bugun.
Yuraging qalbimga ko‘p uzoq bugun.
Hozircha yodingda yomon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
Yo‘lingga to‘shadim oshiq ko‘nglimni.
Tosh diling sezmadi hasta dilimni.
Kulgu-la o‘ynading borim sevgimni.
Yuraging sezmagan tug‘yon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
G‘ururim bir chetga surib qo‘ygandim.
Sen uchun hokisor, g‘arib bo‘lgandim.
Qadrim yerga o‘zim ko‘mib qo‘ygandim.
Bilmading. Endi qadri osmon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.
Tuyg‘ular yuraging g‘ashlab ketganda.
Bevafo ko‘zlaring yoshlab ketganda.
Kimdir yurib-yurib tashlab ketganda.
Qalbingga qadalgan paykon bo‘laman
Kamtar bo’l kamtar bo’l kamtar bo’l inson,
Bilib yo’q topmoqdan yoqotmoq oson,
Hech qachon berilma kibr-u havoga,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.
Do’st bor dasturxonda oshingni yeydi,
Do’stlar bor maydonda boshingni yeydi,
Yiqilsang qo’l cho’zmas battar bo’l deydi,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.
Uch narsani doim qochgin zarbidan,
Ichkilik, Qarzdorlik, ayol makridan,
Sinib ketish oson shular jabridan,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.
Doim ota onang yodinga solg’in,
Qarindosh, qondoshdan sen habar olgin,
Kamtarlik darsini mukammal bilgin,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.
Qora dog’ tushmasin dilingni asra,
Pul topsang kerilma, fe’lingni asra,
O’zingni bosib ol tilingni asra,