Befarzandga farzand ber Xudo, Bedavlatga davlatber Xudo, G'am-tashvishi qadrini bukkan,Berohatga rohat ber Xudo... Bir kamidan qalbidog' bo'lsa , Har bir kuni mingta oh bo'lsa,Davlatsizu, qalbi pok bo'lsa, Beomadga omadber Xudo. Totaverib hayot jabrini, Yo'qotsa gar kimdir qadrini, Yaxshi kunga orttir sabrini,Betoqatga toqat ber Xudo. Sog' boshi ham qolibg'avg'oga, Kimdir bilmay uchrab xatoga,Yaxshiligin sochsin dunyoga, Befursatga fursatber Xudo. Kim Vatanga ustun bo'lmoq-chun,Yeng shimardi astoydil bugun, Buyuk ishlar qilishi uchun, Bejur'atga jur'at ber Xudo.Niyatidan qilmagin judo...