Eslamaysiz kelmasam,
Jim turasiz yig'lasam.
Sevib umid bog'lasam,
Sizga sevgim kamlik qildi.
Hayol aytar: ketolmaysan,
Aqlim deydi:yetolmaysan.
Balki sizdek kutolmasman,
Sizga sevgim kamlik qildi.
Muhabbatga sodiq bo'lib,
Mehringizdan zavqqa to'lib,
Bora-bora hayron qolib,
Sevgim sizga kamlik qildi.
Men yurakdan yonib suysam,
O'z-o'zimdan tonib suysam.
Hijron olovida kuysam,
Sevgim sizga kamlik qildi.
Sevganimni dunyo bildi,
Alam bugun bag'rim tildi.
Bahtlar tilab o'tdim, sizdan,
Biroz mehr kamlik qildi. Nima uchun Dilshod man sizi sevardimu.