ARMONLI GULIM
Armonga aylanib
ulgurgan
gulim,
Qaytding-u yurakda
yondirding gulxan.
Yana sochlaringni siladi qo‘lim,
Men seni sevaman, seni
sevaman.
Bahorim kechikdi, kuzga
uzrim bor,
Egasin izlagan so‘zga uzrim
bor,
Umr yo‘ldosh bo‘lgan qizga
uzrim bor,
Men seni sevaman, seni sevaman.
Sen bilan bu telba ko‘nglim
edi
xush,
Sen-la o‘tgan damlar
shiringina tush,
Dil shoxiga qo‘nmay uchib
ketgan qush,
Men seni sevaman, seni
sevaman.
Ovozlaring buncha mayindir, erkam,
Sen bo‘lsang bilinmas
yurakdagi
g‘am,
Senga yetmaganim qilsa ham
alam, Men seni sevaman, seni
sevaman,
Ko‘zlarim yo‘lingga boqar
intizor,
Ilhaqman, o‘tsa ham qancha
kuz, bahor,
Kunu tun vaslingni