Bir kun kelib dunyodan o'tsam
Orom olsa bu yurak bebosh
Qabrim uzra boshingni egib
Sevgilim deya to'ksang tomchi yosh
Keyin esa tiz cho'kib sekin
Esla baxtli o'tgan kunlarni
Va bag'rimga qo'ygin ohista
Qo'lingdagi qizil gullarni
Iltimos ketmagin bir zum
Yana bir oz qolgin yonimda
Uzatsamda yetmas qo'llarim
Sevar edim seni jonimdan
Taqdir bizni uchrashtirmadi
Hijron esa azobga soldi
Bir ko'rmoqlik etmadi nasib
Sen kelguncha jonimni oldi
Bo'ldi jonim boshingni ko'tar
Senga jonim yig'lamoq nechun
Sen bahtiyor yashashing kerak
Men tinchgina uxlashim uchun