Yulduzlari ichikib qoldi,
Mahzun endi oysiz osmonim.
Sensizlikka ko'nikib bo'ldim
Qanday ekan mensizlik,jonim!
Ana,ko'zim ko'zingdan o'tdi,
Qo'y,yashirma titroqlaringni.
Xato qilding, o'zingdan o'tdi,
Tishlayapsan barmoqlaringni.
Endi nurga begona yuzing,
Quyoshingning ranglari qani?
Sig'mayapsan o'zingga o'zing,
Hayotingning tonglari qani?
Kechalaring o'zingdan g'arib,
Armonlaring osmondan katta.
Yuragingga termulib turib,
Yig'layapsan birinchi marta.
Uxlab qolgan tunlarning haqqi,
Mening o'rnim boshqa bo'lakman.
Yig'lab qolgan tunlarning haqqi,
Men bari bir senga kerakman.
Soching uzun bo'lsa ham, ...tiling uzun bo'lmasin....Qoshing qaro bo'lsa ham,... iching qaro bo'lmasin. ... Sochingga oq tushsa ham, nomingga dog' tushmasin.... Sevging tashlab ketsa ham,... do'sting tashlab ketmasin….