Telba ekan devona yurak,
Bu devona kimga ham kerak?
Ohlarim eshitolmas o'zimdan bo'lak,
Tentirab ko'chada dardkash izlayman.
O'ynoqi shabboda kular ustimdan,
Bir paytlar noligandim do'stimdan.
Endi ayrodaman hatto juftimdan,
Esgan shamollardan dilkash izlayman.
Qo'l cho'zadi meni yenggan taqdir,
Intilsam siltab ustimdan kular.
Men ham yashayapman hayotman axir,
Misradan o'zimga mazmun izlayman.
Ko'p ekan omading, molingga do'stlar,
Seni maqtashadi bir seni so'zlar.
Omad ketsa ustingdan bo'xtonlar so'zlar,
Yomonlardan yaxshilikni izlayman.
Yuragim halovat topolganida,
Menga ham orzular yetolganida,
Kimlardir qo'limdan tutolganida,
Ertaklar ichidan hayol izlayman.
Zerikdim,
Yigit bilan Qiz _bog'dao'tirishgan ekan. Qiz-yigitdanso'rabdi _jonim asalim hozir nimalarnio'ylayapsiz Yigit javob beribdi _san nimanio'ylayotgan bo'lsang men ham o'shani Qiz_voyuyatsiz ekansiz boringge jinnivoy