O'sha o'tgan ochlikni kulib-kulib eslaymiz Endi oltin yoshlikni she'r-qo'shiqdan izlaymiz Alam qilar ayriliq, to'xtamaydi ko'z yoshim, Mendan endi xabar ol, saboqdoshim kursdoshim. Talabalik oltin davr, tugadi bu muddat ham, Eh aziz bo'lib qoldi birga tushgan surat ham. Qani qayta bo'lsaydi biz mudragan leksiya, Endi qaytib kelmaydi yugurtirgan Sessiya. Kursdoshlik bir davr ekan, qarzga botgan vaqtda ham, Unutib bo'lmas ekan sog'intirar parta ham. Yana o'qi desalar mayli rozi bo'lardim, Hatto konrakt pulini yil boshida to'lardim. Eh kursdoshim omon bo'l mayli qayda bo'lsang ham, Biz kursdoshlarni eslab tur she'rga yig'lab kulsang ham.