Ko`zimga tor bo`ldi bu keng
olam ham,
Dardim aytsam hatto yorildi
tosh ham,
Men yig`lagan tunda yig`ladi oy
ham,
Sevib sevilmayin yashadim
netay?
Hamrohim yor emas, yolg`izlik
bo`ldi,
Dardimni do`stimmas tun tinglar
edi.
Boshimni sen emas, g`am silar
edi,
Sevib sevilmayin yashadim
netay?
Qalbim guli ochilmay bo`ldilar
xazon,
Yuragim sevgimni qumsaydi har
on.
Chin dildan sevgandim so`zimga
ishon, Sevib sevilmayin
yashadim netay?