Ikki haydovchi do'stlar hiyobanda uchrashib qolishdi: -Vaqti-vaqti bilan oyoqning chigalini yozib turish kerak, sog'liq uchun foydali, - dedi biri hiyobon bo'ylab yugurishdan to'xtab. - Ha, to'g'ri!... Sening ham haydovchilik guvohnomangni olib qo'yishdimi
Xotini eridan so'rayapti: - Azizim, tug'ilgan kunimga nima sovg'a qilasiz? -Ko'chada turgan huv anavi qora mersedes mashinasini ko'ryapsanmi? - Voy, ko'ryapman!.. - Huddi o'shanaqa rangdagi paypoq sovg'a qilaman
Xitoy bilan qirg'iz uchrarshib qolishdi. Xitoy so’radi: -Sizlarda qancha aholi bor? -Besh million –Zo’r-ku! Xammalaring bir-birlaringni tanir ekansizlarda-a..