Предыдущая публикация
@@
Yarim tunda beshik tebratgan
Alalari dilni yupatgan
Izlarimga ko'zlarin surtgan
Shu mo'tabar onam bo'ladi
Saxar turib duolar qilgan
Xavotirda ich etin tilgan
Kelishimni intizor kutgan
Shu hokisor onam bo'ladi
Betob bo'ldim do'stim kelmadi
Betob bo'ldim yorim bilmadi
Betob bo'ldim onai zorim
Yonginamdan bir on ketmadi
Kulub turib yig'laydi onam
Dushmanga baxt tilaydi onam
Yo'limga zor qaraydi onam
Shu mexribon onam bo'ladi
Men onamga nima xam berdim
G'inshib doyim bag'rini tildim
Onam qadrin uzoqda bildim
Shu notavon o'g'ling bo'ladi
@@ Muallif Muxan @@


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 1