Предыдущая публикация
Sen ko'kda osmonim yulduzim o'zing
Sen uchun hayotim borlig'im tortiq
Quvonchdan porlasin mehrli ko'zing
Men seni sevaman jonimdan ortiq
Bormikan ishqingda mendek devona
Yo'q aslo bo'lmagin menga begona
Bo'laman doimo senga parvona
Men seni sevaman jonimdan ortiq
Sog'inib tunlari bedorman hamon
Kipriging nayza-yu qoshlaring kamon
Sevgimga guvoxdir zaminu osmon
Men seni sevaman jonimdan ortiq
Qo'rqmaymon taqdirning ozorlaridan
Izlamay bahtimni bozorlaridan
Sevganlar kechmaydi jin yorlaridan
Men seni sevaman jonimdan ortiq
@@ Muallif Muxan Hoshim @@


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 2